BRAHMAPUTRA
BRAHMAPUTRA, Bramaputra Janubiy Osiyoda, Xitoy (Tibetdagi nomi Tsangpo), Hindiston va Bangladeshdagi daryo. Uzunligi 2900 kilometr, havzasining maydoni 935 ming kilometr kvadrat. Tibet tog’ligining Janubi sharqida, 4800 metrga yaqin balandlikda Ladakh tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Janubiy Tibetdagi kenglik bo’ylab cho’zilgan chuqur tektonik cho’kmadan oqib o’tadi. So’ngra Janubga keskin burilib, Himolay va Hindixitoy tog’lari orasidagi ulkan eroziya darasidan o’tgach, Hindgang tekisligiga chiqadi. Bengaliya qo’ltig’iga quyilish oldida Gang daryosi bilan qo’shilib, katta (maydoni 80 ming kilometr kvadrat) Delta hosil kidali. Asosan qor va yomg’irdan suv oladi. Yozda musson yomg’irlari va Himolay tog’laridagi erigan qor suvlari hisobiga to’lib oqib, quyi oqimida suv sathi 10-12 metr ko’tariladi. Qishda suvi ancha kamayadi. O’rtacha yillik suv sarfi 12 ming metr kub/sekund. Yozda 15 ming metr kub/sekund, qishda 4 ming metr/sekund. Gidroenergetika resursi nihoyatda katta (60 million kVt). Brahmaputraning quyilish yeridan Dibrugarh shahrigacha (1290 kilometr) kema qatnaydi. Sug’orishda keng foydalaniladi. Brahmaputra sohilida Shigadze (Xitoy), Gauxati (Xindiston) va boshqa shaharlar joylashgan. Brahmi — qadimgi bo’g’inli hind yozuvlaridai biri. Miloddan avvalgi 3-asrda yuzaga kelgan. Hindiston va Hindixitoy [Myanma (Birma), Shri Lanka va boshqalar] dagi hozirgi ko’pgina yozuvlarga asos bo’lgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar bo’lib, shoh Ashok (miloddan avvalgi 272-232) davriga mansub. Bularning ko’pchiligi qoyalarga va ibodatxonalarning ustunlariga o’yib bitilgan. Brahmaputraning kelib chiqishi aniqlanmagan; yozuvning yuzaga kelishiga Finikiya yozuvi (nemis olimlari A. Veber, T. Byuler va boshqalar fikricha), shuningdek oromiy hamda Janubiy Arab yozuvlari ta’sir etgan, degan taxminlar mavjud. Bundan tashqari, Brahmaputra bilan hozircha o’qishga muvaffaq bo’linmagan ko’hna hind yozuvini (Moxenjodaro, miloddan avvalgi 3-2-ming yil) bog’lashga harakat qilinadi (hind olimlari — E. Shamashatri, S. K. Chatterji va boshqalar). Brahmaputra alifbosi 31 bo’g’in belgi (undosh va «a» unli)dan iborat. Bulardan tashqari, 4 ta unlilarni bildiruvchi belgi va yana alohida belgi (anus vara) qabul qilingan, keyingisi artikulyatsiya o’rniga ko’ra turkiy tildagi «ng» kabidir.