BUCHMA AMVROSIY MAKSIMILIANOVICH

BUCHMA AMVROSIY MAKSIMILIANOVICH (1891.14.3, Lvov 1957.6.1, Kiyev) — ukrain aktyori, rejissyor, pedagog, jamoat arbobi. Ukraina professional teatri asoschilaridan. Sahna faoliyatini 1905 yildan boshlagan. 1936-57 yillar Franko nomidagi teatrda ishlagan. Mashhur rollari: Krechet («Platon Krechet»), Jeleznoe («Vassa Jeleznova»), Ivan Kolomiytsev («So’nggilar»), Makar Dubrava («Makar Dubrava») va boshqalar. Kinolarda ham suratga tushgan.