BUFFONADA
BUFFONADA (italyancha Buffonata — masxarabozlik, qiziqchilik) — komik aktyorning o’yin uslubi. Buffonadada qahramonning tashqi xarakterli belgilari o’ta bo’rttirib ko’rsatiladi. Buffonada mim, masxarabozlar, skomoroxlarning maydon xalq teatrlarida paydo bo’lib, keyinchalik italyan del Arte komediyasida keng qo’llanilgan. Buffonada o’zbek hajvchi aktyorlari ijodida ham uchraydi. O’tmishdagi masxaraboz va qiziqchilar (Hasan bukri, Mo’min qishloqi va boshqalar), Yusufjon qiziq Shakarjonov, M. Miroqilov, S. Xo’jayev va boshqa aktyorlar Buffonadaga xos holatlar yaratganlar. Buffonada ayniqsa, tsirkda keng qo’llaniladi. Muhsin Qodirov.