BULGAKOV ALEKSEY IVANOVICH
BULGAKOV ALEKSEY IVANOVICH (1816.19.2, Kronshtadt — 1869. 10. 7, Shvalbax, Germaniya) — rus dengiz sayyohi, kontradmiral. 1840-42 yillarda «Abo» transport kemasida dunyo bo’ylab sayohat qilgan. 1848-49 yillarda Orol dengizida gidrografik tekshirishlar olib borgan. O’z ekspeditsiyasi to’plagan materiallar asosida Orol dengizi hamda shu dengizda kemalar qatnovi xaritasini tuzib, 1850 yilda nashr ettirgan. Sirdaryo quyi oqimini (1855), Amudaryo deltasini (1859) tekshirgan, Sirdaryo o’rta oqimini tavsiflagan. 1857-59 yillarda Orol harbiy flotiga qo’mondonlik qilib Xiva xonligi yerlarini bosib olish maqsadida uyushtirilgan rus harbiy ekspeditsiyalarida faol qatnashgan. Bulgakov o’zining tadqiqotlari bilan Turkiston xonliklarini bosib olinishiga ko’maklashgan. 1863 yildan umrining oxirigacha Boltiq dengizida xizmat qilgan.