Barcha kaltakesaklar qatori buqalamunning ham turmush tarzi kam harakatlidir. U o’lja: hasharotlar, turli qo’ng’izlar, kapalak qurtlari, pashshalarni kutgancha daraxt shoxiga chiqib o’tiraveradi. Ingichka barmoqli keng yoziladigan panjalari uning daraxtning ingichka shoxlarida ham bemalol harakat qilishiga imkon beradi. Ayrim tur buqalamunlarning barmoqlari tirnoqlari bilan birga o’sgan, pirovardida zohiran omburga o’xshaydigan o’tkir changali paydo bo’ldi. Uzun yopishqoq til buqalamunning asosiy ov qurolidir. Buqalamun o’ljasini ko’rganda, 1,25 sekund ichida tashlanib, o’z qurbonining qochishiga hech hqanday imkon qoldirmaydi. Buqalamunning ko’z tuzilishi ham qiziqdir. Ular bir-biridan holi ravishda harakatlanadi, ammo o’ljasini ko’rganda nigohlari bir vaqtda, bir nuqtaga birlashadi. Biroq buqalamunning kishini hayratga soladigan betakrorligi rangini o’zgartira olish qobiliyati bilan belgilanadi. Maxluqning o’ziga xos hujayralari uning tusini keskin o’zgartiradiki, natijada buqalamun daraxt shoxlarida, barglar yoki yorqin ranglar orasida mutlaqo bilinmay qoladi. Mana shu sifati sharofati o’laroq maxluqning nomi turdoshlik kasb etdi, u o’z qarashlarini tez-tez o’zgartirib turadigan odamlarga nisbat beriladigan bo’ldi.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
