BUXGALTERIYA HISOBI
BUXGALTERIYA HISOBI — xo’jalik hisobi turlaridan biri; xo’jalik faoliyati jarayonida korxona mablaglarining aylanishi va mulk harakatini ifodalovchi ma’lumotlar majmuasi. Buxgalteriya hisobi joriy hujjatlarga asoslanadi, uzluksiz, o’zaro birbiriga bog’liq bo’lgan mablag’lar va xo’jalik operatsiyalarini pul hisobida aks ettiradi, yagona qoida va xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etiladi. O’zbekiston Respublikasida Buxgalteriya hisobi 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun hamda xalqaro shartnomalarga muvofiq yuritiladi.