BUXORO VOHASI
BUXORO VOHASI — O’rta Osiyodagi eng qadimgi va yirik dehqonchilik maskanlaridan biri. Zarafshon daryosining quyi qismida joylashgan. Shimoli Sharqda Hazora yo’lagi orqali Navoiykonimex vohasiga, Janubi g’arbda esa Jondor yo’lagi orqali Qorako’l vohasiga tutash. Uzunligi 80 kilometr, eng keng joyi 60 kilometr. Buxoro vohasining dastlabki relefi inson faoliyati natijasida jiddiy o’zgargan. Daryo terrasalari ekinzorga aylantirilgan. Zarafshonning qadimgi tarmoqlari o’rnidagi pastqamliklar hamda balandligi 5-15 metrli tepalar voha relefini birmuncha murakkablashtirgan. Iqlimi subtropik belgilarga ega bo’lgan keskin kontinental cho’l iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 0°— 0,4°, iyulniki 28″-29,3′. Eng past temperatura -24°, -25°, eng yuqori temperatura 45°— 46°. Yiliga 123-143 millimetr yog’in tushadi. Buxoro vohasi ma’muriy jihatdan asosan Buxoro viloyati tarkibida bo’lib, G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Peshku, Romitan, Buxoro, Kogon, Jondor tumanlarini o’z ichiga oladi. Vohaning Malikcho’l va Qiziltepa platolariga yondosh shimoliy Sharqiy qismi Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududiga kiradi. Buxoro vohasida paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, mevachilik, polizchilik, sabzavotchilik, xonaki chorvachilik bilan shug’ullaniladi. AmuBuxoro mashina kanalining ishga tushirilishi bilan Qutchi, Jilvon, Varaxsha, Moxonko’l kabi mavzelar o’zlashtirildi. Voha hududida Varaxsha, Vardonze, Poykend kabi qadimgi shahar yodgorliklari bilan birga Buxoro, G’ijduvon, Kogon kabi tarixiy, ijtimoiymadaniy va sanoat markazlari ham mavjud.