BUXORXUDOT
BUXORXUDOT (Buxoro va forscha «Xudo» — Tangri, ega, hokim) — Buxorxudotlar hokimligini idora qilgan hukmdorlar unvoni. Buxorxudot atamasi dastlab «Buxorxudo» («Buxoro hokimi») shaklida bo’lgan. Buxoroga Islom kirib kelgach (8-asr), arablar uni Buxorxudot deb o’z tillariga moslab olganlar.