BUXTARMA
BUXTARMA — Oltoy Janubdagi daryo, Irtishning o’ng irmog’i, Buxtarma suv omboriga quyiladi. Uzunligi 336 kilometr, havzasining maydoni 12,7 ming kilometr kvadrat. Janub Oltoy tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yuqori va o’rta qismi chuqur, tor vodiydan shiddat bilan tez, quyi qismi esa tekislikdagi keng vodiydan tinch oqadi. Asosan qormuzlik, qisman yomg’ir va grunt suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 214 metr kub/sekund. Noyabrdan aprelgacha muzlaydi. Buxtarmada yogoch oqiziladi, kichikroq kemalar qatnaydi.