BUXTARMA MUZLIKLARI

BUXTARMA MUZLIKLARI, Katta va kichik Buxtarma muzliklari — Janubiy Oltoy tizmasidagi muzliklar (Qozog’iston), Buxtarma daryosining bosh qismida (Irtish havzasi). Katta Buxtarma muzliklari uzunligi 6 kilometr, eni 0,7—2 kilometr, maydoni 4,5 kilometr kvadratga yaqin. Kichik Buxtarma muzliklari uzunligi 2 kilometr, maydoni 1,5 kilometr kvadrat. Qor chizig’i 2800 metr balandlikda, muzlikning uchi 2545 metr balandlikkacha tushgan.