BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR—15—17-asr o’rtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-asr o’rtalari — 16-asr o’rtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin. Yevropa mamlakatlarida Tovar ishlab chiqarishning o’sishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho mo’yna, morj tishini (shimoliy mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yo’llarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari bo’lgan. Buyuk geografik kashfiyotlar 1 yuz yillik davrining muhim voqealari. 1488 yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha g’arbiy va Janub sohilini tekshirdilar (D. Kan, B. Diash va boshqalar). 1492-94 yillarda X. Kolumb Bagama orollarini, katta va kichik Antil orollarini kashf qildi; 1497-99 yillarda Vasko da Gama (arablar rahnamoligida) G’arbiy Yevropadan Janubiy Afrika bo’ylab Hindistonga uzluksiz dengiz yo’lini ochdi; 1498-1502 yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa ispan hamda portugal dengizchilari Janubiy Amerikaning hamma shimol sohilini, uning Sharqiy (Braziliya) qirg’og’ini 25° janubiy qutbgacha va Markaziy Amerikaning Karib qirg’og’ini kashf qildilar. 1513— 25 yillarda ispanlar Panama bo’ynini kesib o’tib, tinch okean qirg’og’iga chikdilar (V. Nunes de Balboa) va LaPlata qo’ltig’ini, Florida va Yukatan yarim orollarini va Meksika qo’ltig’ining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va boshqalar), Meksika va Markaziy Amerikani (E. Kortes va boshqalar) zabt etdilar, Janubiy Amerikaning Atlantika sohilini to’liq tekshirdilar. 1519-22 yillarda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning Janub chekkasi bo’ylab bo’g’oz orqali (keyinchalik Magellan bo’g’ozi deb ataldi) dunyo bo’ylab birinchi sayohat qildilar. 1526-52 yillarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va boshqa ispanlar Janubiy Amerikaning barcha tinch okean sohilini, and tog’larini 10° shu kabilardan 40° janubiy qutbgacha, Orinoko, Amazonka, Parana, Paragvay daryolarini ochdilar. Frantsuz dengizchilari J. Verrasano (1524), J. Karte (1534-35) Shimoliy Amerikaning Sharqiy qirg’og’ini va SanLavrentiy daryosini, ispan sayyohlari E. Soto va F. Koronado esa Appalachi tog’larining Janubni va qoyali tog’larning Janubni, Kolorado va Missisipi daryolarining quyi oqimlarini o’rgandilar (1540— 42). Buyuk geografik kashfiyotlar 2 yuz yillik davrining muhim voqealari. Ermakning G’arbiy Sibirga yurishidan (1581-84) keyin va gaz daryosi bo’yida mangazeya shahriga (1601) asos solingandan so’ng rus sayyoh (yo’l bosar) lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini o’rgandilar, shimoliy Osiyo hududini kesib o’tib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639 yil I. Moskvitin). 17-asr o’rtalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilev, I. Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, E. Xabarov va boshqalar) tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shimol sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, chukotga yarim orollarini tavsifladilar va shimoliy Muz okeanidan tinch okeanga (bering bo’g’ozi orqali) o’tib, Osiyo quruqlik orqali Amerika b-ilan tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barents 1594 yil Novaya Zemlya orolining g’arbiy qirg’og’ini va 1596 yil Shpisbergen orolni aylanib chiqdi. Inglizlar 1576-1631 yillarda Grenlandiyaning g’arbiy sohilini aylanib o’tib, Baffin yerini, Labrador yarim orolini aylanib, Gudzon qo’ltig’i qirg’oqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J. Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va boshqalar). Frantsuzlar 1609-48 yillarda shimoliy Amerikada Shimoliy Appalachi tog’larini va Buyuk ko’llarni (S. Shamplen va boshqalar) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606 yil Yangi Gvineya orolining Janubiy qirg’og’ini aylanib Torres bo’g’ozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqalar. 1606-44 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va yangi Zelandiyaning shimoliy, g’arbiy va Janubiy qirg’oqlarini kashf qildilar. Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoyda bunday kashfiyotlar ancha ilgari boshlangan. Miloddan avvalgi 128 yil xitoylik Chjan Syan Sharqiy Tyanshan etaklari bo’ylab borib, Markaziy Tyanshan dovonlaridan oshib, Farg’ona vodiysining Koson shahriga kelgan, so’ngra Qizilqumdan o’tib, Balxga yetib borgan. Qaytishda Pomir, Tsingin tog’laridan o’tib, 126 yilda vataniga qaytib kelgan (15 ming kilometr yo’l bosgan). Xitoy sayyohi Syuan Szan 7-asrda 16 yil (629-645) davomida Chjan Syan yo’lidan yurib, Balx shahrigacha borgan, so’ng Hindukush tog’laridan oshib, Haybar darasidan o’tib, Hind vodiysiga chiqqan va Panjobni o’rgangan, Panjobdan Bengaliyagacha bo’lgany erlarni kezgan, so’ngra Amudaryo bo’yiga qaytib, Pomir va Qashqar orqali vataniga qaytgan. 689 yil xitoylik I. Szin dengiz bo’ylab sayohatga chiqqan. Sumatra oroliga borgan, so’ng Gang mansabiga yetib kelib, 695 yil vataniga qaytgan va ko’rganlarini batafsil yozib qoldirgan. 9-10-asrlarda arablar Eron, Hindiston, Shri Lanka, Turkiston, O’rta Osiyoning buyuk tog’lari, shimol va Janub Xitoy, Hindixitoy, Indoneziya orollari, Afrika, Madagaskar oroli haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lishgan. Faqat Yevrosiyoning shimol ularga uncha aniq emas edi. 10-asrning birinchi yarmida Arab sayyohi, olim Mas’udiy butun G’arbiy Osiyoni, Turkiston, Kavkaz, Sharqiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Sharqiy Afrikani kezib chiqqan, Yava oroli va Xitoyda ham bo’lgan degan ma’lumotlar bor. 13-asr boshida Arab geografi va sayyohi yoqut Hamaviy O’rta dengiz, Fors qo’ltig’i, Eron tog’ligi va Turkistonda bo’lgan. Yoqut Hamaviy «Mamlakatlar lug’ati»ni tuzgan. Marokashlik savdogar Abu Abdulloh Ibn Battuta 1325 yil Iskandariyaga kelgan, so’ngra Nil daryosi bo’ylab suzib, birinchi sharsharaga (Asvon yaqinida) borgan. Keyin Suriya (Shom), kichik Osiyo yarim oroli, Iroq, Makka, Yaman, undan Mozambikka borgan, so’ng Zanjibar oroli orqali Ho’rmuz bo’g’oziga kelgan, Bahrayn orollaridan o’tib, Janubiy Eronda bo’lgan, u yerdan Misrga qaytgan. So’ngra Suriya va kichik Osiyo yarim oroli orqali Qora dengiz bo’yiga, Qrimga, Volga daryosi etagi, Axtuba orqali Oltin O’rda poytaxti saroy Berkaga borgan. Keyin Xorazmga, Buxoro, Samarqandga o’tgan. Janubga burilib Amudaryodan o’tgan, Hindukush tog’laridan oshib, Hind vodiysiga, Panjobga, Dehliga borgan. 1342 yil Xitoyga bora turib Janubiy Hindiston, Shri Lanka, Maldiv orollariga o’tgan, undan Xitoyga, Tayvan orolga borib, 1349 yil vataniga qaytgan. So’ng Ispaniyaga borgan. Niger daryosi o’rta oqimiga, Air, Axaggar tog’liklariga (Sahroi Kabirda) borgan. Hammasi bo’lib (quruqlikda va suvda) 130 ming kilometr yo’l bosgan. U sayohat qilgan mamlakatlar haqida muhim ma’lumotlar qoldirgan. Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qo’shgan olim va sayyohlar chiqqan. Bulardan Muhammad ibn Muso alXorazmiy «Surat alarz» «Yer tasviri» asarini yozgan, 7 iqlimga ta’rif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016 yilda Sharqda dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini aniq o’lchadi, dunyo xaritasini tuzdi, G’arbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Xisrav Mag’rib shahriga, Janubda Nubiya cho’li, Makkagacha, sharqda Mo’lton va Lohur shaharlariga borgan, 15 ming kilometrdan ortiq yo’l bosgan. Hofizi Abru (14— 15-asrlar) Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, rus va Shom yerlarida bo’lgan, Hindistonda Gang daryosi qirg’oqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417-20 yillarda yozgan geografik asarida dunyoning doyra shaklidagi xaritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan 27 yil avval Hindistonga (Kolikut portiga — hozirgi Kojikode) dengiz yo’li (Arabiston dengizi) orqali borgan (1441) va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib o’tgan Vasko da Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga etib borgan. Sharq geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari evropalik geografsayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos bo’lgan deyish mumkin. Ad.: Magidovich I. P., Ocherki po istorii geograficheskix otkritiy, 3 izd., M., 1967; Hasanov H., Sayyoh olimlar, 1981; Hasanov H., O’rta Osiyolik geograf va sayyohlar, T., 1964; Ibrohimov N., Ibn Batguta va uning O’rta Osiyoga sayohati, T., 1993.