BUYUK MORAVIYA DAVLATI
BUYUK MORAVIYA DAVLATI (Buyuk Moraviya, Bogemiya knyazligi) — g’arbiy slavyanlarning Janubiy Moraviyadagi ilk davlati (9-10-asrlar). 869/870 yilda Kirill va Mefodiy Buyuk Moraviya Davlatida Germaniya episkopligidan mustaqil bo’lgan slavyan cherkovini tashkil kilishga erishdilar. 906 yil Buyuk Moraviya Davlati ko’chmanchilar — vengerlar tomonidan tormor keltirilgan.