BUYURTMA QO’RIQXONA
BUYURTMA QO’RIQXONA (zakaznik)— hudud yoki akvatoriyaning bir qismi. Unda qo’riqxonadagidek barcha tabiat majmuasi emas, balki uning ayrim elementlari — o’simlik, tuproq, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalari va boshqa qismlari qonun bilan qo’riqlanadi va o’simlik, hayvonlari ko’paytiriladi. Buyuk qo’riqxonalarda Nodir, foydali o’simlik va hayvonotlar ko’paytirilib, boshqa joylarga tarqatilishi ham mumkin. Buyuk qo’riqxonalar muddatiga ko’ra uzoq vaqtga yoki qisqa vaqtga mo’ljallangan, muddatsiz bo’ladi. Eng ko’p tarqalgan Buyuk qo’riqxonalar: ovchilik, baliq xo’jaligi, landshaft, o’rmon, dasht va botqoq Buyuk qo’riqxonalari, geologik va gidrologik Buyuk qo’riqxonalari va boshqalar. Tabiiy Buyuk qo’riqxonalar, shuningdek tarixiy-memorial ahamiyatga ega bo’lgan hududlarni saqlash uchun ta’sis etilgan Buyuk qo’riqxonalar ham mavjud. Dengiz va okeanlarning muayyan qismlari ham Buyuk qo’riqxonaga aylantirilishi mumkin. Qo’riqlanayotgan ob’yektdan kelib chiqqan holda ov qilish, baliq ovlash, yog’och kesish, mol boqish, pichan o’rish va boshqalar taqiqlanadi. Buyuk qo’riqxonada, odatda, xo’jalik faoliyati man qilinadi. O’zbekiston Respublikasida o’nga yaqin Buyuk qo’riqxona (Abdusamat, Oqbuloq va boshqalar) bor.