BUYURUQ
BUYURUQ (turkcha buyur + uq) — Turk xoqonligi (552-744), Qoraxoniylar davrda bosh vazirlik mansabi. Hukmdor devonida bu lavozimni faqat bir shaxsgina egallab turgan. Buyuruq harbiy harakatlarda ham qatnashgan va yirik askariy qismlarga sarkardalik qilgan. Vazir istilohi keng ommalashgani tufayli Buyuruq 12-asrdan arxaik so’zlar qatoridan o’rin olgan. Ad.: Malov S.E., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M.—L., 1951.