Kokklar
Kokklar, donador bakteriyalar – sharsimon bakteriyalar turi.
Kokklar, donador bakteriyalar – sharsimon bakteriyalar turi.
Kokarboksilaza, tiaminditostat – vitamin B.ning pirofosforli efiri. Odam va hayvon organizmida glukozaning parchalanishida muhim ahamiyatga ega, piruvatdekarboksilaza fermentining kofermenti.
Koferrnentlar, koenzimlar – ba’zi fermentlar fаоl markazining tarkibiga kiruvchi oqsil bo’lmagan organik birikmalar. Ko’pchilik kofermentlar vitaminlar hosilasidir.
Kofein – kofe daraxti urug’i, choy bargi tarkibida uchraydigan alkaloid; purin hosilasi.
Kofaktorlar – Кооmillаr – oqsil bo’lmagan birikmalar. Ko’pgina fеrmentlar faolligining to’la nаmоуоn bo’lishi uchun juda zarur.
Kodon, triplet – irsiy informatsiya (axborot) birligi. Uchta ketma-ket turuvchi nukleotiddan iborat information RNK ning bir qismi.
Kodein – ko’knor o’simligi mevasi tarkibida uchraydigan alkaloid, mоrfin hosilasi.
Kod jadvali – kodonlarning qaysi aminokislotani ifodalashini ko’rsatib beruvchi jadval.
Koagulatsiya – Ivish – mayda zarrachalarning ilashish kuchlari ta’sirida bir-biriga birikib, kattaroq zarrachalarni hosil qilish jarayoni. Masalan, oqsillarning ivishi уа ularning cho’kmaga tushishi.
Кlоn – jinssiz ko’payish yo’li bilan bir ajdoddan vujudga kelgan individ, avlod yoki hujayralar majmui.