Arash
Arash (arabcha-“tirsak, gaz, zar, arash) – qadimgi o’lchov birligi. XI asdan ma’lum bo’lib, o’rta asr oxirigacha (XIV asr) ishlatilgan. 1 arash 62 sm.
Arash (arabcha-“tirsak, gaz, zar, arash) – qadimgi o’lchov birligi. XI asdan ma’lum bo’lib, o’rta asr oxirigacha (XIV asr) ishlatilgan. 1 arash 62 sm.
Aralashtiruvchi tegirmonlar – loylarni (shlamni) uzluksiz eritish va muayyan namlikdagi loy (shlam) suspenziyasini tayyorlash mashinalari.
Aralashtirish (qorishtirish) – komponentlarning bir xil mexanik aralashmasini tayyorlash jarayoni. Masalan: gruntni aralashtirish, birin-ketin aralashtirish, oldindan aralashtirish, majburiy aralashtirish va hokazolar.
Aralashtirmoq (qormoq, qorishtirmoq) – har xil narsalarni aralashtirib, bitta (bir) holatga keltirish.
Aralashtirgich (qorgich) – suyuq muhitga ta’sir qiluvchi mexanik aralashtirish qurilmasining harakatlanuvchi ishchi organi.
Aralashtirgich (qorishtirgich) – biror-bir aralashmani tayyorlash uchun mo’ljallangan mashina. Masalan: asfalt-beton qorishtirgich, tik qorishtirgich, titrama qorishtirgich, buramali qorishtirgich, aylanma qorishtirgich va hokazolar.
Aralashtirgich – qurilishda qurilish mahsulotlarini aralashtirish qurilmasi.
Aralashma (qorishma) hosil qilish – qurilish materiallarining sun’iy-mexanik biriktirish yoki aralashtirish natijasi.
Aralashma (bo’tana qorishma) – qurilishda qurilish tayyorlamalari aralashmasi. Masalan: loy bo’tanasi, ohak aralashmasi, tsement qorishmasi va hokazolar.
Aralashma – boshqasiga qo’shilgan, aralashgan yoki boshqasining tarkibida mavjud bo’lgan modda. Masalan: zararli aralashma, ifloslantiradigan aralashma, metall aralashma, yonmaydigan aralashma, organic aralashma, tashqi aralashma va hokazolar.