Antropogen hodisa
Antropogen hodisa – insonning xo’jalik faoliyati yoki uning harakatidan kelib chiqqan hodisa.
Antropogen hodisa – insonning xo’jalik faoliyati yoki uning harakatidan kelib chiqqan hodisa.
Antropogen landshaft o’zgarishi – landshaft xususiyatlariga inson faoliyati jarayonlarining ta’siri natijasi.
Antropogen landshaft – inson faoliyati ta’sirida shakllanadigan landshaft.
Antropogen ifloslanish – muhitning inson faoliyati natijasida vujudga kelgan har qanday ifloslanishi.
Antresol – uy-joy, jamoat yoki ishlab chiqarish binolari, xonalar yuqori qismidagi hajmini egallovchi, uning maydonini kengaytirishga yordamchi xonalar, omborlar va boshqalarni joylashtirishga mo’ljallangan sath.
An’ana – asrlar osha avloddan-avlodga, ustadan-ustaga o’tib kelgan qoida, tartib, odat, rasm-rusum, yo’l-yo’riq. Me’morlik taraqqiyoti davomida jamlangan, tajribadan o’tib, odatiy shakl olgan tartiblar me’moriy an’ana asosini tashkil etadi.
Antiseptirlash – turli nometall ashyolarning (yog’och va undan yasalgan buyumlar, plastmassa va boshqalar) biochidamligini yaxshilash va qurilmalarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida kimyoviy moddalar bilan ishlov berish.
Antiseptik vositalari (antiseptiklar) – mikrobga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi kimyoviy moddalar. Antiseptik moddalar turli nometal materiallar (yog’och, mato, teri, plastmassa va hokazolar)ning mikroorganizmlar tomonidan buzilishining oldini olish uchun qo’llanadi.
Antiseptik belbog’ – bino yuk ko’taruvchi devorlari bo’ylab ular jismida qo’yiladigan, uzluksiz o’zakli, temir betonli, berk qurilma.
Antiseysmik belbog’ – uzluksiz armaturalash bilan bajariladigan temirberonli yopiq konstuktsiya bo’lib, u binoning yuk ko’taruvchi konstruksiyalari bo’ylab quriladi va seysmik kuchlar ta’sir qilganda binoning fazoviy bukirligini oshirish uchun mo’ljallangan.