Akant naqsh
Akant naqsh – katta barg, ayiqtovon gul bargiga o’xshash naqsh. Inshoot (devor, frizz, ship, ustun boshachasi va boshqalar)ni bezashda qadimdan qo’llanilgan. Akantlar Yunoniston, Misr, Rum me’moriy bezaklarida keng tarqalgan.
Akant naqsh – katta barg, ayiqtovon gul bargiga o’xshash naqsh. Inshoot (devor, frizz, ship, ustun boshachasi va boshqalar)ni bezashda qadimdan qo’llanilgan. Akantlar Yunoniston, Misr, Rum me’moriy bezaklarida keng tarqalgan.
Ayshgoh – ishratxona, tarabxona kabi bazmu Ishrat binolarining nomi; istirohat joyi.
Ayri pargar – katta pargar, binokorlikda yer o’lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Ayrilish (ayri yo’nalish ma’nosida) – ayri yo’llar chorraha ko’rinishi. Masalan: ayri yo’l – bir yo’ning bir nechta yo’lga bo’linishi.
Ayri – 1) bigiz kontaktlari bo’lgan elektr ulagichi bir qismi; 2) tanlov bilan bog’liq har qanday vaziyat. Masalan: yo’naltiruvchi ayri, shokul ayri va hokazolar.
Aynimoq (rangi o’chmoq) – rangni, yorqinlikni yo’qotish (vaqtdan, quyosh, havo ta’sirida va hokazolar).
Ayni (aynan) – aynan o’xshashlik, bir xillik; muqobilasi – aksi. Masalan, qurilishda qo’sh uslubida qurilgan binolar o’xshashligi yoki kompozitsiyada simmetrik o’xshashlik va hokazolar.
Ayn joyi (ayn-ko’z) – bog’, bino kabi joylar rejasini tortishda qoziq (cho’bin, tayoq, ustun) bilan belgilangan markaziy nuqta, asosiy markaz, kompozitsiya markazi. Zahiriddin Bobur bog’ning eng e’tiborli joyini shunday atagan.
Aylantirmoq (o’zgartirishga oid) – boshqa narsaga, boshqa holatga aylantirish, yangi ko’rinish berish.
Aylantirmoq (aylantirishga oid) – mahkamlangan yoki qo’lda ushlab turilgan narsani aylanma harakatga keltirish, aylantirish.