BESHKAPASOY

BESHKAPASOY — Farg’ona viloyati Beshariq tumanidagi soy. Isfara daryosining tarmog’i. Isfaradan ajralib chiqib shimolga oqadi. Uzunligi 18 kilometr. Suvi asosan sug’orishga sarf bo’ladi.

BESHINCHI RESPUBLIKA

BESHINCHI RESPUBLIKA — Frantsiyada de Goll hukumati tayyorlagan 1958 yilgi Konstitutsiya (beshinchi respublika Konstitutsiyasi) joriy etilgandan keyingi respublika. Beshinchi respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, parlament vakolati cheklanib, respublika prezidenti huquqi kuchaytirilgan.

«BESHINCHI KOLONNA»

«BESHINCHI KOLONNA» — Ispaniya Respublikasida 1936-39 yillardagi urush davrida general Franko agenturasining nomi. Fashist isyonchilarning 4 kolonnasi Madridga hujum qilayotgan vaqtda ular shahar ichkarisida beshinchi kolonna bo’lib jangga kirishgan, «Beshinchi … Read More

BESHIKTERVATARLAR

BESHIKTERVATARLAR (Mantoptera, Mantodea)—hasharotlar turyaumi. Tanasi yirik va cho’ziq. Boshi tanasidan aniq ajralib turadi, juda harakatchan. Boshining ikki yonida yirik fasetkali ko’zlari joylashgan. Og’iz organlari kemiruvchi tipda. Old ko’krak bo’g’imi juda … Read More

BESHIK TO’YI

BESHIK TO’YI — yaqin va O’rta Sharq, O’rta Osiyo xalqlari, jumladan o’zbeklar oilasida to’ng’ich farzand tug’ilishi sharafiga o’tkaziladigan tantanali marosim. Bu udum O’zbekiston viloyatlarida o’ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq … Read More

BESHIK KERTI

BESHIK KERTI, beshik ketdi, quloq tishlash — bolalarni beshikdaligidayoq unashtirib qo’yish odati. O’tmishda bir-biriga yaqin oilalarning birida o’g’il, ikkinchisida qiz tug’ilsa, ular voyaga yetganlarida birga turmush qurishlari belgilab qo’yilardi. Ota-onalar … Read More

BESHIK

BESHIK—chaqaloqni belab va tebratib uxlatish uchun mo’ljallangan yo’rg’a oyoqli maxsus moslama. Asosan tut, tol va boshqa yog’ochdan yasaladi. Uzunligi 1-1,05 metr, balandligi 50 santimetrdan 60 santimetrgacha. Beshikning tuzilishi: to’rttadan sakkizta … Read More

BESHBALIQ

BESHBALIQ, Beshbalig’ [turkiycha Beshshahar; xitoycha beytin (Shimoliy shahar)]—Sharqiy Turkistondagi qadimgi shaharlardan (milodiy 1-14-asr 1-yarmi). Xitoydagi Szimus shahridan taxminan 10 kilometr shimoldagi Xupuszi qishlog’i yaqinida xarobalari saqlangan. Xitoy manbalariga ko’ra shahar … Read More

BESHARCHASOY

BESHARCHASOY — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi soy. Molguzar tog’larining shimoli Sharqiy yon bag’ridan (Ingichka dovonidan 1 kilometr Sharqda) boshlanadi. Uzunligi 10 kilometr bo’lib, ikkita irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Besharchasoy qor, … Read More

BESHARCHA TOG’I

BESHARCHA TOG’I — Surxondaryo viloyati uzun tumani hududidagi Bobotog’ tizmasining Jan.da. O’zbekiston bilan Tojikiston chegarasi tutashgan joyda. O’rtacha balandlikda, eng baland joyi 1766 metr. G’arbiy yon bag’ri qiyaroq, Sharqiy yon … Read More