Bilag’on
Bilag’on-har narsadan xabardor, bilimdon shaxs.
Bilag’on-har narsadan xabardor, bilimdon shaxs.
“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” metodi – tahsil oluvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini berishga qaratilgan interfaol metod.
Bibliografiya-1) foydalanilgan bosma asarlarning tizimlashtirilgan ilmiy ro’yxati; 2) shunday ro’yxatlar tuzish usullari bilan shug’ullanuvchi ilmiy soha; 3) biror masalaga doir kitob, jurnal va maqolalar ro’yxati; 4) gazeta va jurnallarning yangi … Read More
“Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha” metodi – tahsil oluvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol metod.
Belgili ma’lumot-alifbo-raqamli belgilar majmui, ya’ni sonli va sifat belgilarini o’zida mujassamlashtirgan ma’lumot.
Baholash-o’quvchi yoki talabaning egallagan bilim, ko’nikma va malakalari hamda shaxsiy sifati darajalarini belgilash.
Baho-ta’lim oluvchilar bilim, ko’nikma va malakalarining miqdoriy baholashda bal yoki raqamlar vositasida shartli ifodalanishi.
Barqarorlik-doimiy, mustahkam amal qiluvchi holatga erishish, shuningdek, ushbu holatning doimiyligi, mustahkamligini ifodalovchi pedagogik tushunchalar.
Barkamol shaxs-kamolga yetgan, bekamu ko’st, to’la-to’kis inson, aqlan va axloqan pok, jismonan sog’lom, nafosatli, jamiyatda o’zligini tanigan, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor, tashabbuskor, ishbilarmon, fidoiy shaxs.
“Barkamol avlod” sport o’yinlari-O’zbekistonning kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari.