CHIVINXO’RLAR

CHIVINXO’RLAR (Muscicapidae) chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 70 ga yaqin urug’i va 360 ga yaqin turi bor. Yer yuzining Amerikadan tashqari hamma qit’alarida uchraydi, ayniqsa, tropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Tanasining uzunligi 110-180 … Read More

CHIVINLAR

CHIVINLAR, uzun mo’ylovli ikki qanotlilar (Nematocera) — ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi. 20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Ko’pchilik Chivinlarning tanasi va oyoqlari ingichka, … Read More

CHIBCHA TILLARI

CHIBCHA TILLARI — indeys tillari guruhi (oilasi); Markaziy va Janubiy Amerikaning Gonduras, Kostarika, Nikaragua, Panama, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru (qisman) kabi mamlakatlarida tarqalgan. O’tgan asr oxiridagi ma’lumotlarga ko’ra, Chibcha tillarida … Read More

CHIBCHA

CHIBCHA — Janub va Markaziy Amerikadagi indeys xalqlari guruhi (kuna, guaymi, muiski, pasto va boshqalar). 635 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Chibcha tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar.

CHIBIS

CHIBIS (Vanellus vanellus) — rjankasimonlar oilasiga mansub qush. Uzunligi 30 santimetrga yaqin. Qanotlari keng. Boshida uzun va ingichka kokili bor. Yevrosiyoda tarqalgan. Uchib ketuvchi qush. Ko’pincha koloniya bo’lib botqoqliklar, o’tloqlar … Read More

CHIANTAR

CHIANTAR — Hindukush tog’laridagi eng katta vodiy muzligi. Hind daryosi havzasidagi Hinduraj tizmasining shimol yon bag’rida. Uzunligi 32 kilometr, maydoni 260 kilometr kvadrat. Muzlik 3660 metr balandlikkacha tushgan.

CHIANGMAY

CHIANGMAY, Chiengmay o’rta asrlarda shim. Tailand hududida mavjud bo’lgan davlat. 1296 yil Knyaz (keyinchalik qirol) Mangray Xaripundjayyani bosib olib, asos solgan shahar nomidan olingan. 1556 yil Myanma tomonidan bosib olingan. … Read More

CHJETSZYAN

CHJETSZYAN — Xitoyning Sharqiy qismidagi provintsiya. Maydoni 102 ming kilometr kvadrat. Aholisi 44,5 million kishi (1999). Ma’muriy markazi — Xanchjou shahri. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog’i — qishloq xo’jalik. Asosan, sug’orma dexdonchilik … Read More

CHJEN CHENGUN

CHJEN CHENGUN (Yevropa adabiyotida koksinga) (1624-1662) Xitoy sarkardasi. Savdogarlaridan. 1646 yildan manjurlarning Tsin sulolasiga qarshi ko’tarilgan kurashda qatnashgan. Bu davrda Tsinlarning hokimiyati deyarli butun Xitoy hududiga tarqalgan edi. Futszyan, Guandun … Read More