DING

DING — karvon yo’llarida maxsus qurilgan minorasimon qorovulxona. Ichida istiqomat xonalari, tepasida kuzatish qafasasi bo’lgan. Ular orqali favqulodda xabar (yov bosqini, suv toshqini kabi)lar tezlik bilan mamlakat markaziga yetkazilgan.

DINAS

DINAS (inglizcha Dinas Rock — Angliyadagi tog’ning nomi) — olovbardosh g’isht, tarkibida 93% gacha kremniy (IV)-oksid (silikat angidrid — SiO2) bo’ladi. Kvars jinslariga 2-3% ohak qo’shib tayyorlanadi. Dinas 1730° gacha … Read More

DINAMONLAR

DINAMONLAR — portlovchi moddalar; ammoniy nitrat va yonuvchi moddalar (torf, qipiq, kunjara, alyuminiy bilan kremniy qotishmasi va hokazolar) kukuni aralashmasidan iborat. Shaxtalar va tog’larni portlatishda ishlatiladi.

DINAMO PO’LATI

DINAMO PO’LATI, magnit xossalari sust, ammo mexanik xossalari yuqori bo’lgan po’lat. Tarkibida 0,5— 2,5% Si (kremniy) va 0,1 gacha S (uglerod) bo’ladi. Dinamo po’latidan o’zgarmas tok generatori (dinamomashina) detallari tayyorlanadi.

DINKA

DINKA (o’zlarini djeng deb atashadi) — Sudandagi nilot guruhiga mansub xalq, 3 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dinka tilida so’zlashadi. Asosan, an’anaviy diniy e’tiqodlarga amal qilishadi, musulmon-sunniylar ham bor. Chorvachilik, qisman … Read More

DIONIS

DIONIS — yunon mifologiyasidagi uzumchilik hamda vinochilik xudosi. Zevs bilan fivalik Malika Semelaning o’g’li. Dionis sharafiga bag’ishlangan bayramlar o’ta xushchaqchakdik, kayf-safo bilan o’tgan.

DIONA

DIONA — Saturnning to’rtinchi tabiiy yo’ldoshi. Frantsuz astronomi J. Kassini 1684 yilda kashf etgan. Diametri 1120 kilometr, yulduz kattaligi 5,2 ga teng. Saturndan o’rtacha uzoqligi 377400 kilometr, Dionani oddiy ko’z … Read More

DIPLOMATIK KORPUS

DIPLOMATIK KORPUS – keng ma’noda — muayyan mamlakatda akkreditasiya qilingan diplomatik vakolatxonalarning barcha diplomatik xodimlari (oila a’zolari bilan); tor ma’noda — faqat diplomatik vakolatxonalar boshliqlari. Diplomatik korpus nomidan, odatda, duayen … Read More

DIPTER

DIPTER (Yunoncha dipteros) — Yunonistondagi ibodatxonaning bir turi. Atrofi ikki qator ustunli ayvon bilan o’ralgan to’g’ri burchakli katta xona (masalan, Efesdagi Artemida ibodatxonasi, miloddan avvalgi 6-asr, hozirgi Turkiya hududida).

DIPTIX

DIPTIX (Yunoncha diptychos — buklama, ikki buklangan) — 1) qadimgi san’atda sirtiga mum surtilgan buklama yozuv taxtasi; 2) rangtasvir yoki bo’rtma tasvir ishlangan ikki tabaqali buklama taxta; 3) bir mazmun … Read More