«DEYLI MIRROR»

«DEYLI MIRROR» («Daily Mirror», «Kundalik ko’zgu») — ingliz gazetasi. London, Manchester va Glazgoda chiqadi. 1903 yilda tashkil etilgan. Siyosiy voqealarni yoritishda Leyboristlar partiyasi o’ng qanotining siyosiy-ijtimoiy yo’nalishiga yaqin turadi. Ko’ngil … Read More

«DEYLI MEYL»

«DEYLI MEYL» («Daily Mail», «Kundalik pochta») — ingliz gazetasi. London va Manchesterda chiqadi. 1896 yilda tashkil etilgan. Adadi 2 millionga yaqin.

DEYL (DALE) GENRI XALLETT

DEYL (DALE) GENRI XALLETT (1875.9.6, London — 1968.23.7, Kembrij) — ingliz fiziologi va farmakologi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1914) va prezidenti (1940-45). Nerv impulsining sinapslar orqali utishi kimyoviy tabiatini va … Read More

DEYGISH

DEYGISH — daryoning kuchli oqimi va suv sathining keskin o’zgarishi natijasida qirg’oqlarning shiddatli yuvilishi. Oqim bilan yuvilgan qirg’oq o’pirilib, suv qayir tomon suriladi, sohil zonasida joylashgan ekinzorlarni yuvib, irrigatsiya inshootlarini … Read More

DEYVIS DENGIZI

DEYVIS DENGIZI – Hind okeanining Antarktida sohillaridagi chekka Janub qismi, 87° va 98° shq. u. oralig’ida. Maydoni 21 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 1369 metr. Yil davomida muzlar bilan … Read More

DEYVIS BO’G’OZI

DEYVIS BO’G’OZI — Grenlandiya va Baffin yeri orollari oralig’ida; Baffin dengizini Labrador dengizi (Atlantika okeani) bilan bog’laydi. Uzunligi 1170 kilometr, eng kambar joyi 360 metr, eng chuqur joyi 104 metr. … Read More

DEYVIS

DEYVIS, Devis (Davis) Uilyam Morris (1850.12.2, Filadelfiya — 1934.5.2, Posadena) — amerikalik geolog va geograf. Amerika geomorfologiya maktabining asoschisi. Relef rivojlanishining geografik tsikli haqidagi ta’limotni yaratgan. Kembrijdagi (AQSh) Garvard universitetining … Read More

DEY

DEY (turkcha dayi, aynan — tog’a) — 1) Usmonli turk saltanatining yanichar qo’shinlarida zobitlik darajasi; 2) yanichar zobitlar kengashi tomonidan umrbod saylanadigan Jazoir hokimi (1671 yildan to 1830 yilgacha, ya’ni … Read More

DEIZM

DEIZM (lotincha deus — Xudo) — diniy-falsafiy ta’limot; Deizm Xudoni mukammal tabiat «mashinasi»ni yaratib, unga qonunlar va harakat baxsh etgan olamiy aql deb e’tirof qiladi, biroq tabiatning o’z harakatlariga Xudoning … Read More

DEI LINCHEY MILLIY AKADEMIYASI

DEI LINCHEY MILLIY AKADEMIYASI — Yevropadagi eng qadimgi Falardan biri. 1603 yil Italiyaning Rim shahrida tashkil etilgan (1630-1795, 1840-47, 1939-44 yillarda yopilgan). Italiya milliy falarining eng yirigi. Akademiyaning asosiy vazifasi … Read More