EL

EL — 1) muayyan joyning odamlari, aholisi, xalqi; 2) bir qabilaga mansub odamlar, qabila; 3) yurt, Diyor, mamlakat.

EKTO…

EKTO… (Yunoncha — tashqi, tashqaridagi) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; tashqi, sirtqi kabi ma’nolarni bildiradi (masalan, ektogenez).

EKSTREMUM

EKSTREMUM (lotincha — chetki) — biror to’plamda funktsiyaning maksimum yoki minimum qiymati. Ko’p o’zgaruvchili funktsiyalar uchun ham Ekstremum tushunchasini kiritish mumkin. Variatsion hisobda funktsiyalarni Ekstremumi sifatida ularning eng katta yoki … Read More

EKSTRADITSIYA

EKSTRADITSIYA (lotincha — dan va — berish) — xalqaro huquqsa jinoyat sodir qilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki unga nisbatan chiqarilgan sud hukmini ijro etish uchun bir davlatdan ikkinchi davlatga … Read More

EKSTRA…

EKSTRA… (lotincha — ustida, tashqarida, ortiqcha) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; nihoyatda, haddan tashqari, odatdagi me’yordan, biron narsadan ortiq kabi ma’nolarni bildiradi (masalan, ekstraordinar, ekstrapolyasiya).

EKSTIRPATSIYA

EKSTIRPATSIYA (lotincha — ildizi bilan olib tashlash) — biror a’zo (masalan, me’da, bachadon, taloq va boshqalar)ni butunlay yoki qisman kesib olib tashlash. Asosan, a’zolarning xavfli o’smalarida ishlatiladi. Onkologiyada (me’da, to’g’ri … Read More

EKSTERNAT

EKSTERNAT (lotincha exgegpsh — tashqi, begona) — o’quv yurtida o’quv dasturini mustaqil o’zlashtirish (mashg’ulotlarga qatnashmasdan)ga asoslangan ta’lim tizimi. O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limning 12 yillik tizimiga o’tilishi munosabati bilan bekor … Read More

EKSPROPRIATSIYA

EKSPROPRIATSIYA (lotincha dan va — shaxsiy) — davlat hokimiyati tomonidan majburiy ravishda (haqini to’lab yoki to’lamasdan) mulkdan mahrum qilish. Ekspropriatsiyaning asosiy turlari nasionalizatsiya, rekvizitsiya, musodara hisoblanadi.

EKSPONAT

EKSPONAT (lotincha — ko’rgazmaga qo’yilgan) — muzey va ko’rgazmalarga qo’yiladigan va namoyish qilinadigan narsa (badiiy asar, tarixiy hujjat va hokazolar).

EKSPEDITSIYA

EKSPEDITSIYA (lotincha — tartibga keltirish, yurish) -1) biror narsa (masalan, xat-xabarlar, yuk va shahrik.) ni jo’natish, tarqatish; 2) muayyan narsani jo’natuvchi, tarqatuvchi muassasa, korxona bo’limi; 3) biror maxsus (ilmiy, harbiy) … Read More