Faolit
Faolit – suvga asoslangan rezolli fenol-formaldegid qatroni (bakelit qatroni) asosida ishlab chiqarilgan kislotaga chidamli termoreaktiv plastmassa. To’ldiruvchi sifatida ishlaydigan faolitning majburiy komponenti asbestdir.
Faolit – suvga asoslangan rezolli fenol-formaldegid qatroni (bakelit qatroni) asosida ishlab chiqarilgan kislotaga chidamli termoreaktiv plastmassa. To’ldiruvchi sifatida ishlaydigan faolitning majburiy komponenti asbestdir.
Fanerli plita – bir-biri bilan yelimlangan yetti va undan ortiq listlardan tashkil topgan qatlamli yelimlangan yog’och, bu listlar qo’shni qatlamlaridagi yog’och tolalari berilgan yo’nalishga ega bo’lgan silliq shpondan ishlanadi.
Fanerlash (faner qoplash) – duradgorlik buyumlari qismlari va agregatlarini tozalangan yoki tekislangan shpon bilan qoplash. Ular tashqi ko’rinishini yaxshilaydi, shakllantirilishini pasaytiradi, mahsulotlarning mexanik mustahkamligini oshiradi.
Fanera suvbardoshli – yupqa fanera listlarini fenolli va krezolformaldegidli yelimlar bilan yelimlangan fanera, bu fanera turar-joy, jamoat, sanoat binolarining yuk ko’taruvchi va to’suvchi konstruksiyalari (yelimlab olinadigan balkalar va arkalar, orayopma … Read More
Fanera dekorativ – zavod sharoitida rangli qog’ozli plyonkalar bilan qoplangan fanera bo’lib, bunday faneradan devorlar va shiftlarni pardozlashda foydalaniladi.
Fanera yelimlangan – bir-biri bilan yelimlab birlashtirilgan qatlamlardan tashkil topgan yog’och buyum bo’lib, unda biri ikkinchisining ustiga qo’yilgan qatlamlarning yog’och tolalari bir-biriga nisbatan to’g’ri burchak ostida o’tadi.
Fanera bakellashtirilgan (sintetik smola bilan shimdirilgan) – fenolformaldegidli spirtda eriydigan (suvda eriydigan) smolalarni qo’llab tayyorlaydigan fanera.
Falsh-pol – ventilyatsiyali yashirin yerto’laga ega bo’lgan sanoat binolarining yig’iladigan-yechiladigan pollari. Falsh-pol tagiga elektr-texnik va boshqa kommunikatsiyalar yotqiziladi.
Falts (qatlama, qoplama) – metall tom yopish listlarini birlashtirish turi (elementi). Ikkitalik tik falts eng germetik va nam o’tkazmaydigan falts hisoblanadi. Bu ikki qo’shni listlar orasida krovlya tekisligidan chiqib turuvchi … Read More