KAMOLOVA NAILA ADELSHINA

KAMOLOVA NAILA ADELSHINA (1951.22.9, Kogon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1955). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Buxoro shahridagi 21-maktabda, 1976 yildan 23-maktabda jismoniy tarbiya o’qituvchisi. Kamolova olib … Read More

KAMOLOV SOBIR KAMOLOVICH

KAMOLOV SOBIR KAMOLOVICH (1924.10.9, hozirgi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Chimboy tumani, Qorabug’a qishlog’i) — tarixchi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1979), O’zbekiston (1974) va Qoraqalpog’iston (1973)da xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori … Read More

KAMOLOV JANOBIDDIN QIROPOVICH

KAMOLOV JANOBIDDIN QIROPOVICH (1930.12.1, Chust tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1959). 1952 yildan Pop tumanidagi 11-maktabda, 1953 yildan Chust tumanidagi 1-maktabda, 1954 yildan 17-maktabda … Read More

KAMOLCHILAR INQILOBI

KAMOLCHILAR INQILOBI — Otaturk Mustafo Kamol rahbarligida 1918-23 yillarda amalga oshirilgan turk milliy inqilobi. Kamonchilar inqilobi natijasida Turkiya sultonligi (1922 yil 1 noyabr), xalifalik (1924 yil 3 mart) tugatildi. Turkiya … Read More

KAMON

KAMON (musiqada) — 1) bir uchidan ikkinchisiga qil tutami tortilgan tayoqcha; g’ijjak, skripka kabi torli cholg’u asboblarini chalish uchun ishlatiladi. Kamonning ishqalanishidan tor tebranib tovush chiqaradi. Tuzilishi jihatdan Kamonga nisbatan … Read More

KALTAKESAK

KALTAKESAK — osmonning shimoliy yarim sharida Tsefey, Okkush, Pegas, Andromeda va kursi yulduz turkumlari oralig’ida joylashgan yulduz turkumi. Yil bo’yi ko’rinadi.

KALLIKRAT

KALLIKRAT (Kallikrates) – yunon me’mori. Miloddan avvalgi 5-asr o’rtalarida Afinada ishlagan. «Afinaning uzun devori» deb nomlangan qurilishda (miloddan avvalgi 457-445 yillarda) qatnashgan. Afina akropolidagi Parfenon (Iktin bilan hamkorlikda, miloddan avvalgi … Read More

KALLISTO

KALLISTO — Yupiterning eng katta yo’ldoshi, 1610 yilda G. Galiley kashf qilgan. Diametri 4680 kilometr. Yupiterdan o’rtacha uzoqligi 1 million 884 ming kilometr, uning atrofini 16,689018 sutkada to’la aylanib chiqadi.

KALLAKLASH

KALLAKLASH — keksaygan meva daraxtlarini yoshartirish (hosil berish davrini uzaytirish); 6-10 yillik asosiy shoxlarni 1 -1,5 metr yuqorisidan, ayrimlarini tanaga taqab kesish. Asosan, daraxtlarning tinim davri (Fevral—mart) da o’tkaziladi. O’rik, … Read More

KALLAK

KALLAK — 1) biror asbobning bosh qismi (masalan, tsilindrlar kallagi); 2) gulbandlari qisqa bo’lgani uchun gulpoyaning yoki shoxchaning uchida to’planib o’sgan to’pgul (masalan, sebargada).