Keraga
Keraga – o’tovning chetanga o’xshatib ishlangan yog’och devori.
Keraga – o’tovning chetanga o’xshatib ishlangan yog’och devori.
Kep – shakl, surat.
Kenglik (en) – 1) ob’yektning uzunligi, bir xil chiziq yoki tekislikda va bir-biridan eng kam (uzunlikdan farqli o’laroq) masofada joylashgan ikkita chetki nuqta orasidagi masofa; 2) narsaning kengligi, bo’yiga nisbatan … Read More
Kengaytirish (kengayish) – hajmning, ko’lamning oshishi. Masalan: quvurning chiziqli kengayishi, hajmiy kengayish, qoziq asosini kengaytirish, nisbiy ko’ndalang kengayish, xonani kengaytirish, ko’ndalang kengayish, qotayotganda kengayish, fazoviy kengayish, issiqdan kengayish, elastik kengayish, … Read More
Kengaytirgich idish (bak) – suv bilan isitish yopiq tizimida, uning eng katta ishchi haroratigacha isiganda paydo bo’ladigan ortiqcha suv hajmini qabul qiladigan rezervuar.
Kengaytirgich – 1) biror narsani kengaytirish, hajmini oshirish uchun qurilma; 2) asosiy burg’ulash asbobi kengligidan kattaroq diametrli quduqlarni olish uchun ishlatiladigan burg’ulash asbobi. Masalan: burg’u qudug’i kengaytirgichi.
Keng hajmli (keng ko’lamli) – hajmi, kattaligi, o’lchamlari bo’yicha katta bo’lgan.
Keng qulochli (keng oraliqli) – katta oraliq masofaga ega (qurilish konstruksiyalari, inshootlari haqida).