Kariatida

Kariatida – ayol qiyofasidagi haykal-ustun. Qadimgi Yunon me’morligining noyob namunalari saqlanib qolgan. Markaziy Osiyo binolarida ham yog’och haykal-ustunlar bo’lgani ma’lum. Panjakent xarobalaridan ayol shaklidagi yog’och ustun qoldiqlari topilgan.