Miologiya, mushaklar haqidagi ta’limot nima degani
Miologiya, mushaklar haqidagi ta’limot nima degani – anatomiyaning harakat apparatining faol tuzilmalari bo’lgan skelet mushaklarini o’rganadigan bo’limi.
Miologiya, mushaklar haqidagi ta’limot nima degani – anatomiyaning harakat apparatining faol tuzilmalari bo’lgan skelet mushaklarini o’rganadigan bo’limi.
Miofibrill(i) nima degani – silliq va ko’ndalang-targ’il mushak tolalarining barcha sitoplazmalari bo’ylab o’tadigan tolachalar. Mushak to’qimasining qisqaruvchi elementlari.
Mitoz (kariokinez, nepryamoye deleniye), noto’g’ri bo’linish (kariokinez) nima degani – o’simlik, hayvon va odam hujayralari yadrolarining bo’linish usullaridan biri.
Mitoxondriyalar nima degani – sitoplazmada bo’ladigan va mayda donachalar, tayoqchalar yoki ipchalar shakliga ega bo’lgan hujayraning muhim organoidi. Energiyani hosil qilish va to’plashda ishtirok etadigan fermanetlar bor.
Mlechniy sok, sutsimon shira nima degani – sut shirasi; qon bo’shlig’ining limfa tomirlari bo’ylab ichaklardan ko’krak yo’liga oqadigan sutsimon oq (tarkibida yog’lari borligidan) suyuqlik.
Modifikatsiya (izmeneniye, vidoizmeneniye), o’zgarish, tur o’zgarishi nima degani – individual hayotda atrofidagi muhit ta’sirlariga javoban xususiyatlar va belgilarning o’zgarishi.
Molekulyar genetika nima degani – genetika va molekulyar biologiyaning bo’limi; genetik axborotning sub hujayra, molekulyar darajada o’tishini tekshirish yo’li bilan tirik mavjudotlar irsiyati va o’zgaruvchanligining moddiy asoslarini, shuningdek, bu axborotni … Read More
Monotsit(lar) nima degani – oqqon tanachalari (leykotsitlar) xillaridan biri; sitoplazmasi nisbatan keng jiyakli va yadrosi markazida yoki chetroqda joylashgan eng katta oqqon tanachasi. Qonning eng faol fagotsitlaridan biri.
Morskaya bolezn, dengiz kasalligi nima degani – dengizda to’lqin turganda kema chayqalib, muvozanat buzilishi natijasida ro’y beradigan holat. Bunda rang oqaradi, sovuq ter chiqadi, haddan tashqari ko’p so’lak ajraladi, kishining … Read More
Morfin nima degani – afyun (qora dori)ning asosiy alkaloid, unda mekon, sut va sulfat kislotalar tuzlari holida bo’lib, miqdori 8-25% (o’rtacha 10%)ni tashkil etadi.