Oroyish
Oroyish – bezaydigan, go’zallik baxsh etuvchi, go’zal ko’rinish beradigan narsa, zeb-ziynat.
Oroyish – bezaydigan, go’zallik baxsh etuvchi, go’zal ko’rinish beradigan narsa, zeb-ziynat.
Ornament (naqsh) – kichik masshtabli ganchkorlik va tasviriy san’at elementlari tasvirlari, ular ko’pincha geomertik shakl va o’simliklarni tasvirlovchi xarakterga ega bo’lgan holda devorlarga, interyer predmetlarida qo’llaniladi.
Organik to’ldiruvchili (arbolit) beton – tsement bog’lovchi va o’simliklardan olinadigan organik to’ldiruvchilar (ishlab chiqarish chiqindilari yog’och qirindilari, g’ozapoya yoki sholi somoni, zig’ir va kanop o’simliklari o’zaklari va boshqalar) asosidagi beton.
Organik bog’lovchi materiallar – fizik-imyoviy jarayonlar ta’siri ostida plastik holatdan qattiq yoki past plastik holatga o’tish qobiliyatiga ega bo’lgan organik bog’lovchi moddalar. Bunday bog’lovchi materiallar ikki-bitumli va polimerli smolalar guruhga … Read More
Organik mineralli aralashma – chaqiq tosh, shag’al, qum va ularning aralashmalari, shuningdek, mineralli kukun (shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishidagi kukunli chiqindilar)ni organik bog’lovchi (suyuq yoki yopishqoq bitumlar, bitumli emulsiyalar) va … Read More
Orayopma va yopma plitalar (panellar) – 1) karkasli binolar yuk ko’taruvchi tizimining yig’ma elementlari bo’lib, plitalarga bevosita qo’yilgan yuklar ular tomonidan rigel yoki yuk ko’taruvchi devorlarga uzatiladi. Shuningdek, plitalar gorizontal … Read More
Orayopma (yopma, to’siq, bo’g’ot) – inshootni qavatlarga ajratuvchi konstruktiv qism. Bajaradigan vazifasiga ko’ra orayopmalar tsokolli, qavatlararo, chordoqli va hokazolar; shakli bo’yicha yassi va svodsimon (gumbazsimon) bo’ladi. To’sinlar va plitalar yassi … Read More
Ombur (ombir, kampirog’iz) – materialni kesish uchun qo’llaniladigan kuchni oshirish uchun qo’l prinsipidan foydalaniladigan kesish asbobi. Masalan: o’zak qirquvchi ombir, sim qirquvchi ombir va hokazolar.
Osilish (ilinish) – pastga tushish, pastga egilish, biror narsa ustiga osib qo’yish. Masalan: qavatlar ilinishi.