Prefiks
Prefiks (lotincha praefi xus — old tomonga mahkamlab qo’yilgan) — affikslarning bir turi; o’zak oldidan qo’shiladigan so’z yasovchi qo’shimcha. Prefiks o’zbek tili uchun xos emas. O’zbek tilida qo’llanadigan ba-, be-, … Read More
Preferentsiya (lotincha Praeferentia — afzal ko’raman) — biror bir faoliyat turini qo’llab quvvatlash uchun ayrim davlatlar, korxonalar, tashkilotlarga beriladigan afzalliklar, imtiyozlar. Soliqlarni kamaytirish, bojxona bojlaridan tashlamalar, to’lovlardan ozod qilish, imtiyozli … Read More
Presto (italyancha presto — tez, jadal) — musiqada juda tez sur’at. 17-asrdan ma’lum. 18-asrdan ko’proq klassik simfoniya (Sonata) turkumlarining yakuniy (final) qismlarida ham opera uvertyuralarida qo’llaniladi.
Premyera (Fransuzcha premure — birinchi) — spektakl, estrada, tsirk tomoshalari, yangi kinofilm (telefilm) ning birinchi bor ommaviy namoyish qilinishi.
Prelog (Prelog) Vladimir (1906.23.7, Saraevo, Yugoslaviya) — shveytsariyalik organik kimyogar. Mikroblar hayot faoliyati mahsulotlari, jumladan, riformisin antibiotigining tuzilishi va ta’sir mexanizmini tadqiq qilgan. Zamonaviy stereokimyoviy nomenklatura mualliflaridan biri. Nobel mukofoti … Read More
Preyskurant (Fransuzcha prix — narx va courant — joriy) — tovarlar, xizmatlar va mahsulotlar narxlari haqida ma’lumotnoma, to’plam. Preyskurantda qayd etilgan narxlar Preyskurant narxlari deb ataladi.
Prezinjantrop (lotincha rgae – oldinda va zinjantrop) — Sharqiy Afrikada topilgan gominidlarning shartli nomi. Prezinjantrop skelet qoldiqlari ingliz antropologi va arxeologi L. Liki (1960) tomonidan Oldovay darasidan topilgan. Odatda, Prezinjantropga … Read More
Prezidium (lotincha praesidium — raislik qilish) — Majlis, kengashni bamaslahat olib borish uchun saylangan shaxslar guruhi, hay’at; ayrim jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar va boshqalarning doimiy rahbar organi.