Pahlaviylar
Pahlaviylar – Eronda 1925- 79 yillarda hukm surgan sulola. Asoschisi — Rizoshoh Pahlaviy (1878-1944); uning vorisi Muhammad Rizo Pahlaviy — 1979 yildagi inqilob davrida taxtdan ag’darilgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Pahlaviylar – Eronda 1925- 79 yillarda hukm surgan sulola. Asoschisi — Rizoshoh Pahlaviy (1878-1944); uning vorisi Muhammad Rizo Pahlaviy — 1979 yildagi inqilob davrida taxtdan ag’darilgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Paxmoq — bir tomoni tukli mayin va qalin ip gazlama.
Pauperizm (lotincha pauper — kambag’al, mulksiz) — jamiyatda ishsizlik, inflyasiya, kam daromad topish, mulkiy tengsizlik bilan bog’liq bo’lgan ommaviy qashshoqlik.
Patriarxat — ibtidoiy jamiyat davriga xos bo’lgan ijtimoiy munosabatlar shakli. Patriarxatda jamiyat, xo’jalik, oilada erkak hukmron mavqega ega bo’lgan. Patriarxatning xo’jalik faoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. … Read More
Patriarxal oila, katta oila — erkak boshchilik qiladigan oila. Matriarxatning patriarxatga o’tish davrida vujudga kelib, birgalikda xo’jalik yurgizuvchi qarindoshlarning bir qancha avlodidan tashkil topgan. Patriarxal oila, asosan, ilk xo’jalik jamoasi … Read More
Patos, fasod — yallig’langan joyda to’planadigan suyuqlikning bir turi.
Patnis, patnus (ruscha Podnesti — olib kelish) — non, meva-cheva solinadigan yuzi yoyiq, keng idish. Doira, to’rtburchak shaklida, turli kattalikda bo’ladi. Misdan, tunukadan, keyingi yillarda plastmassadan qilinadi. O’yib naqsh ishlangan, … Read More
… Patiya (Yunoncha pathos — dard, azob; kasallik) — o’zlashma qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi bo’lib, birinchi qismda ifodalangan tana a’zosi yoki qismining kasalligini bildiradi (masalan, nefropatiya, psixopatiya).
Pastor (lotincha pastor — cho’pon) — protestant cherkovining ruhoniysi. Pravoslav va katolik ruhoniylaridan farq qilib, u valine’mat hisoblanmaydi, alohida ibodat kiyimi kiymaydi, oddiy kishilardek hayot kechiradi.