Qo’llanma
Qo’llanma – loyihalash va qurilish uchun yetakchi bajaruvchilar-me’yoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiquvchilar (odatda, me’yorlar boblarini) tayyorlaydigan qo’shimcha ma’lumotlardan iborat material.
Qo’llanma – loyihalash va qurilish uchun yetakchi bajaruvchilar-me’yoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiquvchilar (odatda, me’yorlar boblarini) tayyorlaydigan qo’shimcha ma’lumotlardan iborat material.
Qo’lda boshqariladigan yong’indan xabar bergich – yong’in signalizatsiyasi va yong’in o’chirish tizimida yong’in xavfi signalini qo’lda yoqishga mo’ljallangan qurilma.
Qo’l – inson va ba’zi hayvonlar tana a’zosining yuqori qismi.
Qo’yish (joylash, joylashtirish, terib qo’yish) – biror narsani joylashtirishdagi tartib, ketma-ketlik. Masalan: ustunlarni joylash va hokazolar.
Qo’yish (bosish, sarflash) – 1) biror narsa yoki biror narsaning yoniga qo’yish; 2) biror narsani ishda, amalda amalga oshirish yoki ishlatish. Masalan: siquvchi kuchlarning nomarkaziy qo’yilishi, yukning qo’yilishi, tik kuchning … Read More
Qo’yim (joiz) – mo’tadil o’lchamlarda joiz etilgan chetlashishning arifmetik jamiga teng, eng katta va eng kichik haddiy o’lchamlar farqi. Masalan: siyqalanish qo’yimi, qalinlik qo’yimi, sirt g’adir-budurligi qo’yimi, umumiy o’lcham qo’yimi, … Read More
Quyuqlik (zichlik, yumshoqlik) darajasi – yuqori yopishqoq suyuqliklar va yarim qattiq moddalarning zichligi (malham, pasta, qorishma, bitum va boshqalar), zichlik darajasi. Masalan: beton qorishmasining quyuqligi.
Quyuqlashish – massa kuchlari (tortishish yoki markazdan qochish) ta’sirida qattiq zarrachalarning cho’kishi natijasida yuzaga keladigan pulpadagi qattiq moddalar kontsentratsiyasini oshirish jarayoni. Masalan: tsement qorishmasining quyuqlanishi.
Quyuqlantiruvchi – quyuqlantirish jarayonini amalga oshirish uchun apparat.
Qutr (diametr) – aylanadagi ikkita nuqtani tutashtiruvchi va markazdan o’tuvchi to’g’ri chiziq.