TALLOMLI O’SIMLIKLAR

TALLOMLI O’SIMLIKLAR, tallofitlar (Thalophyta) — tuban o’simliklarga nisbatan ishlatiladigan nom. Tallomli o’simliklar tanasi poya va barglarga ajralmagan; yaxlit tallomdan iborat.

TALAS

TALAS — Qirg’izistondagi shahar (1944 yildan). Talas viloyati markazi. Talas daryosi vodiysida, daryo bo’yida. Taroz temir yo’l stantsiyasidan 90 kilometr. 1280 metr balandlikda. Taroz temir yo’l stantsiyasi va Bishkek bilan … Read More

TAKALI

TAKALI — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi dovon. Balandligi 2000 metr. Dovondan Nurota tumanini Xatirchi tumani bilan bog’laydigan so’qmoq yo’l o’tadi. Bu dovonga Nurota tumanidagi tikanli qishlog’i orqali boriladi. Dovon atrofida … Read More

«TAYMS OF INDIYA»

«TAYMS OF INDIYA» («The Times of India» — «Hindiston davri») — Hindistonda ingliz tilida chiqadigan eng nufuzli kundalik gazeta. 1838 yildan Ahmadobod, Bombay va Dexlida nashr etiladi.

TAYMIR KO’LI

TAYMIR KO’LI – Taymir yarim orolidagi ko’l (Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasi). Maydoni 4560 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 26 metr. Uzunligi 250 kilometr. Eni bir necha kilometrdan 80 kilometrgacha. Qirg’oqlari … Read More

TAYMIR

TAYMIR — Qora dengizidagi Orol, Taymir yarim orolining qirg’og’i yonida (Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk o’lkasi). Uzunligi 37 kilometr, o’rtacha eni 18,5 kilometr. Maydoni 350 kilometr kvadrat. Eng baland joyi 235 metr … Read More

TAYMAUT

TAYMAUT (inglizcha time out) — sport o’yinlarida qoidalarda nazarda tutilgan tanaffus. Jamoa, uning ustozi (masalan, basketbolda) yoki sportchi (masalan, shaxmat bo’yicha jahon birinchiligi musobaqalarida) iltimosiga ko’ra tanaffus qilinadi.

«TAYMS»

«TAYMS» («The Times» — «davr») — Buyuk Britaniyada ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta. 1785 yildan Londonda «tayme nyuspeypers Limited» kompaniyasi tomonidan nashr etiladi.

TAY

TAY (bo) — Janub Xitoydagi (Yunnan viloyati) xalq. 1 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Tay tilida so’zlashadi. Antropologik jihatdan — Janubiy mongoloidlar. Dindorlari — buddaviylar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik.

TAITILIKLAR

TAITILIKLAR – xalq, Taiti va Jamiyat orollariga mansub boshqa orollarning asosiy aholisi. 130 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Polinez guruhiga kiruvchi Taiti tilida so’zlashadi. Dindorlari — kalvinistlar, bir qismi — … Read More