TENDENSIYA
TENDENSIYA – xo’kiz yoki ayiq tendensiyalarini tavsiflovchi grafikdagi trend chizig’i.
TENDENSIYA – xo’kiz yoki ayiq tendensiyalarini tavsiflovchi grafikdagi trend chizig’i.
TELEKOMMUNIKATSIYA – simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalanib, signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko’rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish jarayoni. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari … Read More
TELEMARKETING – marketing turi bo’lib, uni amalga oshirish potensial iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va Internet tarmog’idan foydalaniladi.
TELEKOMMUNIKATSION INFRATUZILMA – kompaniyaning telekommunikatsion infratuzilmasi – bu turli axborotlarni: avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar, internet-grafika, turli fayllar hamda “ovoz” va video ko’rinishidagi axborotlarni uzatish vazifasini hal qiluvchi o’zaro … Read More
TEJAMKORLIK – jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan darajasida barcha resurslardan tejamli foydalanish bo’yicha iqtisodiy munosabat bo’lib, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi.
TAYYORGARLIK VAQTI (QAYTA TAYYORLASH VAQTI) – uskunalarni, ma’lum bir mahsulot turini ishlab chiqarishga tayyorlash uchun lozim bo’ladigan vaqt.
TEBRANUVCHI TALAB – talab darajasining dambadam o’sib va pasayib turish holati.
TEHNOLOGIK PRINSIP BO’YICHA USKUNA JOYLASHISHI – shunday joylashtirish uslubiki, bunda o’xshash uskunalar bir joyda joylashadi. Bu uslub funksional prinsip bo’yicha uskuna joylashtiruvi yoki mayda seriyali jarayon joylashtiruvi deb ataladi.
TAVAKKALCHILIKNI TAQSIMLASH – ushbu usulga ko’ra zarar ko’rish ehtimoli bilan bog’liq bo’Igan tavakkalchilik qatnashuvchi subyektlar o’rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir subyektning kutiladigan zarari nisbatan kichik bo’ladi. Yirik moliya kompaniyalari … Read More
TAVAKKALCHILIKKA QARSHI INSON – kutilgan daromadga nisbatan kafolatlangan daromadni ustun ko’radigan inson.