VENETLAR

VENETLAR — 1) qadimda Adriatika dengizining shimoliy qirg’oqlari, Po Daryosining shimoli-sharqida yashagan qabilalar guruhi; ularning etnogenezi ma’lum emas. 2). Miloddan avvalgi 58-51 yillardagi Gall yurishlari paytida Yuliy Tsezar tomonidan bo’ysundirilgan … Read More

VENERA

VENERA — qadimgi Rimda bahor ma’budasi va bog’dorchilik hamda poliz-sabzavotchilik homiysi. Keyinchalik yunon ma’budasi Afroditata taqqoslanib, muhabbat va go’zallik ma’budasiga aylantirilgan. San’atda Venera ideal ayol go’zalligini ifodalaydi.

VELIKORUSLAR

VELIKORUSLAR (velikoroslar) — rus adabiyotlarida 19-asr o’rtalarida ruslarning atalishi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida rus tilidagi 3 ta asosiy lahjani anglatish uchun «shimoliy Velikorus», «Janubiy velikorus», «o’rta Velikorus» atamalarida saqlanib qolgan.

VEKTOR DIAGRAMMA

VEKTOR DIAGRAMMA – garmonik qonun bo’iicha o’zgaruvchi fizik kattaliklar qiymati va ular orasidagi munosabatlarning vektor ko’rinishidagi graашл tasviri. Elektrotexnika, akustika, optika va boshqa sohalardagi hisoblashlarda qo’llaniladi.

VEYN (VANE) JON ROBERT

VEYN (VANE) JON ROBERT (1927) -Angliya kimyogari va farmakologi. Prostaglandinlarni ajratib olish va ular kimyosi hamda biokimyosini o’rganish ustida ish olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1982; S. Bergstyorm va B. … Read More

VEZNE

VEZNE — qadimgi og’irlik o’lchov birligi. Sharq mamlakatlarida qo’llanilgan; qiymati ishlatish joylariga qarab har xil, masalan, Turkiyada 1V=11,545 kilogramm, Basrada 1V= 14,25 kilogramm bo’lgan.

VEDDLAR

VEDDLAR — xalq, Shri Lankaning tub aholisi. 1 ming kishiga yaqin (1990-yillar o’rtalari). Veddoid irqiga oid. Hind-Eron guruhiga mansub tilda so’zlashadilar. Buddizm va hinduizm diniga e’tiqod qilishadi.