CHERYAZOVA LINA ANATOLEVNA

CHERYAZOVA LINA ANATOLEVNA (1968.1.11, Toshkent) — fristaylchi, «O’zbekiston iftixori» (1998), O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (1994). O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1994). Cheryazova fristaylning akrobatika turi bo’yicha jahon chempioni (1993, Altenmark), 2 karra jahon kubogi g’olibi (1993, 1994), qishki Olimpiada o’yinlari chempioni (1994, Lillexammer). Osiyo o’yinlari (1996, Xarbin) va Nagano olimpiadasi (1998) da qatnashgan.