CHESMA JANGI

CHESMA JANGI — rus-turk urushi (1768-74) davrida bulgan jang [1770 yil 26.6 (7.7)]. Admirallar G.A. Spiridov va S.K. Greyg qo’mondonligidagi rus floti Kichik Osiyo sohilidagi Chesma (Chashma) ko’rfazida turk flotini qurshab olib, tor-mor keltirgan. Bu g’alaba rus flotiga Egey dengizida hukmronlik qilish va Dardanell bug’ozini qamal qilish imkonini bergan.