Chig’anoq nima?

Tirik organizmlarni muhofaza etadigan o’ranchiq turlarining qanchaligini tasavvur eta olasizmi? Yong’oq po’chog’i, tuxum po’chogi, toshbaqa va dengiz chig’anog’i zirhi, shilliqqurtlar chig’anog’i va hokazo. Chig’anoq — tirik organni qoplab turuvchi mustahkam qatlam. U yo uning egasi yoki ota-onasi tomonidan qilinadi. Chig’anoq tarkibi ham g’alati. Yong’oq po’chog’i shox-shabbadan, boshqa chig’anoqlar karbonat kaltsiy (ohak)dan yasaladi. Uchinchilari esa o’ziga xos oynabop xom ashyo, kvarsdan qilinadi. Chig’anoq unga yashiringan tirik vujudni himoya etadi. Yong’oq va tuxum har doim ham qobiq bilan o’ralavermaydi. Uning ichki tirik a’zosi — urug’ yoki jo’ja — yetilgach, chiqish uchun po’choqni yorishi kerak. Krab va qisqichbaqalar har doim ham o’z zirhiga yoppasiga qoplanib olmaydi. U yumshoq modda bilan birikkan alohida lappaklardan iborat. Bu jonivorning harakatlanishi va bukilishiga yordam beradi. Ayrim jonivorlar, masalan, qo’ng’izlar sig’may qolguncha o’zining qattiq qobig’i ichida yashaydi. So’ng u darz ketadi va hasharot tashqariga chiqadi. Uning tagida yumshoq va cho’ziluvchan terisi joylashgan bo’ladi. Bir qancha vaqt o’tgach, u mustahkamlashib, yangi zirhga aylanadi. Chig’anoq tana a’zosi bo’lgan jonivorlar ham bor. Toshbaqa kosasi o’ziga xos lappaklar bilan qoplangan suyak taassurotini uyg’otadi. Uning usti qovurg’a va yelka xartumidan tarkib topgan, tagi ham suyakdan iborat. Inson qovurg’a va umurtqasiz yashay olmagani kabi toshbaqa ham kosasiz yashay olmaydi. Chig’anoqqa ega tirik vujudlarning katta guruhi mollyuskalardir. Shilliqqurtlar ham shu guruhga kiradi. Ustritsalar, vengerkalar, grebeshkalar va hokazolar qo’shtabaqali mollyuskalardir. Xavf tugilgan chog’da ular chiganog’i darvozasini butunlay yopib qo’yishi mumkin.