CHORIQULBOY PIRNAFASBOY O’G’LI

CHORIQULBOY PIRNAFASBOY O’G’LI (1847, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qoqishtuvon qishlog’i — 1934, Chorjo’y viloyatidagi Darg’onota shahri) — yirik qorako’lchi boylardan biri. O’zbekistonda yer-suv islohoti davrida (1925-26) Qizilqum yaylovlaridagi 50 ming bosh kuy va boshqa mol-mulklarini o’z ixtiyori bilan sovet hokimiyatiga topshirgan. Biroq, shunga qaramasdan 1932 yilda qamalib, Orenburgga surgun qilingan. O’zbekiston SSR XKS raisi F. Xo’jayevning aralashuvi bilan 1933 yilda Choriqulboy surgundan kaytarilgan va unga Chorjo’y viloyatidagi Darg’onotada yashash uchun ruxsat berilgan. Choriqulboy Romitan shahrida Zarafshon daryosi ustida hashamatli ko’prik (1911-14) va Xayrobod arig’i bo’yida muhtasham klub (1924) qurdirgan. O’zbekiston istiqlolga erishgach, uning xoki Qoqishtuvon qishlog’idagi Sazokli bobo (Hazrati Nasimiy) qabristoniga qayta dafn etilgan (1993). Qabri ustiga maqbara o’rnatilgan. Ad. Halimov T., Sahovatli Choriqulboy, Buxoro, 1996.