Chug’urchiqlar o’zlariga uyni qanday tanlashadi?

Chug’urchiqlar erta bahorda, mart oyini oxirlarida uchib kelishadi. Ular gala-gala bo’lib, bir necha kun maydonlarda izg’ib uchganch. o’zlariga tanish joyni qidirishadi. Keyin jim qolishib, juft-juft bo’lib, novdalarga qo’nishadi: uy-joy qilib, polaponlar ochish vaqti keladi. Chug’urchihlar ko’pincha o’zlarining o’tgan yili yashagan uyalarini topib olishadi, afsuski ularning ayrimlari bo’sh bo’lmaydi: yo boshqa chug’urchihlar egallab oladi yo chumchuqlar egallab oladi. Chug’urchiqlar sabotli bo’ladi, agar o’z urug’doshlari bilan hadeb jangga kirishmagani bilan, chumchuqlardan iymanib o’tirmaydi. Chug’urchiq uya kuvisidan kirib, o’tkir tumshug’i bilan chumchuqni tutib oladi-da, uyadan otib yuboradi. Chug’urchiq kuchli qush, chumchuqdan bir yarim baravar katta keladi, shu bois uning surobini darrov to’g’rilab qo’yadi. Chug’urchiq uyasiga qandaydir yosh, tajribasiz chumchuq emas, balki qariya, ko’pni ko’rgani kirib oladi. Bunday jangari chumchuqlarga chug’urchiq bas kelolmaydi, shu sababli ular uyada qoladi, chug’urchiqlar esa o’zlariga boshqa uya qidiradilar. Chug’urchiqlar orasida ham ahyon-ahyonda, uyalar etishmasa yoki u nimasi bilandir qoniqtirmasa, janjallar chiqib turadi. Biriga uchib keladi, qaraydi, ko’rinishidan yaxshi, yap-yangi. Uya ichiga kirishadi, ko’zdan kechirishadi va tezda uchib ketishadi: uya yoqmaydi — burchakda katta yoriq bor, ko’rinib turibdiki, uyani uquvsiz usta qurgan, ikkita devorni shunchaki qalashtirib qo’yibdi. Bunday uyalar chug’urchiqlarga yoqmaydi, sababi polaponlari shamollab qolishi mumkin. Boshqa uyaga borishadi, u ham yangi, balki bo’yalgan. Qarashadi — yoriq yo’q, ammo nima sababdandir yoqmaydi. Chug’urchiqlar ichkari kirishadi, kuvi shu qadar kichkinaki, o’tish qiyin, xavf tug’ilganda ishonchsiz. Yoki juda keng. Chug’urchiqlar ichi bo’sh kavaklarga ham qarashlari mumkin. Bu ham kuvisi bo’lgan qushlar uyasi hisoblanadi. Bo’shini topishsa, egallab olishadi. Biri yomon: usta erinchoq bo’lgan bo’lsa kerak, kavak yorib olgan. Qushlar sakrab ko’rishadi, u omonat — yomon qotirilgan. Demak, bu uydan ham ko’ngli qolishadi. Boshqa bir bo’sh uya yonidan beparvo o’tib ketishadi, sababi pastga qurilgan. Chug’urchiqlar esa uyasini erdan 8 — 10 metr balandlikda tiklashadi. Qushlar o’zlariga mutlaqo tanlab ololmasligi ham mumkin: uya yo yo’l yoqasiga joylashgan bo’ladi, chug’urchiqlar shovqinni xush ko’rmaydi. Boshqa bir uyaning kuvisi shimolga qaragan, kerak emas, u janubga qaragan bo’lishi kerak. Tabiiyki, chug’urchiqlar uyasini daraxtlar kavagiga ham qurishlari mumkin, ammo bu vaqtga kelib, barcha kavaklar band bo’lishi mumkin. Ayrim qushlar shu tariqa uyasiz qolib ketadilar, demak, ular polaponlar ham ochmaydi. Uya chug’urchiqqa polapon ochish va ularni uchirma qilishi uchun zarur.