Dalv

Dalv (arabcha dalv – qovra) – 1) Zodiakdagi yulduzlar turkumi; osmonning janubiy yarim sharida; Dalvni MDHning shimolida yoz va kuzda kurish mumkin; 2) Shamsiya (Quyosh yili)ning o`n birinchi oyi, 22-yanvardan 21 fevralgacha davom etadi. Bu oyda Quyosh osmon sferasida Dalv yulduzlar turkumidan o`tadi.