DETEKTIV ADABIYOT
DETEKTIV ADABIYOT — jinoyatlarni ochish jarayoni tasvirlangan hikoya, qissa, romanlar. Bu janr asoschisi E. Po («Morg ko’chasidagi qotillik»,1841; va boshqa novellalar). Detektiv adabiyot mumtoz asarlarida jinoyatning ochilishi mantiqiy asosda tasvirlanadi (A. K. Doil, K. G. Chesterton, E. Gaborio, A. Kristi, R. Staut). Janrning keyingi taraqqiyoti Detektiv adabiyotda ijtimoiy-ruhiy motivlarning paydo bo’lishi (J. Simenon, Masumoto Seytyo), qonun himoyachilarining jinoyatchilar dunyosi bilan bevosita kurashi tasvirlangan turli-tuman Detektiv adabiyot paydo bo’lishi (D. Xammett, R. T. Chandler va boshqalar) bilan bog’liq. So’nggi yarim asrda o’zbek adabiyotida ham Detektiv adabiyot namunalari yaratilmoqda. (Shuhrat, «Bir kecha fojiasi»; O’. Umarbekov, «Yoz yomg’iri»; O. Muxtor, «Mo»jiza»; Tohir Malik, «Shaytanat» va boshqalar).