Dinozavrlar qanday paydo bo’lgan?

Olimlarning taxmin qilishicha, dinozavrlar 180 million yil burun paydo bo’lgan va 60 million yillar oldin qirilib bitgan. Dinozavrlar reptiliyalardan tarqagan. Aytgancha, reptiliyalar hayvonlarning alohida sinfi bo’lib, ular issiqqon emasligi, yerda ham yashay olishi, o’ziga xos yuragi borligi va aksariyatining tangachalar bilan qoplangani bilan ajralib turadi. Ilk reptiliyalar dinozavrlardan ancha oldin paydo bo’lgan. Ular amfibiyaga o’xshaydi (ham suvda, ham quruqlikda yashashi mumkin). Ammo tuxumini faqat quruqlikka qo’ygan. Zuryodlarining o’pkasi bo’lib, havodan nafas olgan; hasharotlar bilan tirikchilik qilgani ehtimoldan xoli emas. So’ngra reptiliyalar jussali va kuchli bo’la borgan. Birlari bahaybat kaltakesak, boshqalari toshbaqaga o’xshagan. Ularning dumi kalta, oyog’i yo’gon, boshi katta bo’lgan. Ular o’simliklar bilan oziqlangan. Ilk dinozavrlar o’z ajdodlari — kaltakesak kabi orqa oyoqlarida yura olgan reptiliyalarga o’xshaydi. Ilk dinozavrlar kichkina, taxminan kurkaday bo’lgan va orqa oyoqlari bilan harakat qilgan. Ularning ayrim turlari kichkinaligicha qolib ketgan, boshqalari esa o’sgan va og’irlashgan. Ko’pchiligining uzunligi 2,5 metr bo’lgan. Hatto filday og’ir va 6 metr keladiganlari ham yashagan. Ularning boshi kichkina, o’simlikni chaynashga yaraydigan o’tmas kalta tishlari bo’lgan. Ular pastqamlarda, botqoqlarda kun kechirgan. Keyin boshqa davr — reptiliya asri boshlangan. Ayrim alafxo’r dinozavrlar shu qadar katta bo’lib ketganki, hatto quruqlikda ham o’zini to’rt oyog’ida tutib tura olmagan. Ular vaqtini asosan daryo va bothohliklarda o’tkazgan. Ana shunday bahaybatlarining birini brontozavr deyishadi, uning bo’yi 20 — 24 metr, og’irligi qariyb 34 tonna kelgan. Bu vaqtga kelib dinozavrlar yerda emin-erkin yura olgan, ulardan birining nomi allozavr bo’lib, bo’yi 10 metr, o’tkir tishi va tirnog’i bor edi. U brontozavr va boshha alafxo’rlar bilan oziqlangan. Demak, dinozavrlar reptiliyalarning avlodidir. Yerda iqlim o’zgarishi bilan ozuqasi va yashash joyidan mahrum bo’lgan dinozavrlar qirilib ketgan.