DUMSIZ AMFIBIYALAR

DUMSIZ AMFIBIYALAR (Salientia, Ecaudata, Anura) — amfibiyalar sinfining bir turkumi. 2500 turi ma’lum. Keng tarqalgan, amfibiyalarning eng yuqori tuzilgan guruhi. Tuzilishi baqaga o’xshaydi. Tanasi kalta, yapaloq va keng; dumsiz, oyoqlari yaxshi rivojlangan, orqa oyog’i oldingisiga nisbatan ancha uzun bo’lib, sakrab yurishga moslashgan. Itbalig’ida dastlab orqa oyoklari, keyin oldingi oyoklari paydo bo’ladi. Bo’yni juda qisqaligidan boshi tanasidan yaqqol ajralib turmaydi. Dumsiz amfibiyalar, asosan, hasharotlar bilan oziqlanadi. Tuxumi (uvildirig’i) suvda urug’lanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan itbalig’i jabra orqali nafas oladi, suvda yashashga moslashgan. Umurtqalarining tuzilishidagi tafovutlarga qarab Dumsiz amfibiyalar 6 ta kenja turkumga bo’linadi: 1) birlamchi dumlilar — juda qadimgi Dumsiz amfibiyalar bo’lib, hozir qirilib ketgan, qoldiqlari qazilma holida uchraydi; 2) sill iqoyoq baqalar; 3) uvilloq baqalar — pipalar, pixli baqalar va boshqalar; 4) sassiq baqalar, 5) qurbaqalar — baqaqurulloqlar, qisqaboshli baqalar va boshqalar; 6) baqalar — tor og’izli va kurak oyoqli baqalar va boshqalar Dumsiz amfibiyalarning tipik vakillari baqa va qurbaqatr. O’zbekistonda yashil qurbaqa va ko’l baqasi tarqalgan.