Elementlar

Elementlar-po’latga qo’shiladigan legirlash elementlari – po’latga ma’lum struktura va talab etiladigan xossalarni berish uchun aniq miqdorlarda po’lat tarkibiga kiritiladigan elementlar. Po’latlardagi doimiy aralashmalar ham legirlovchi elementlar sifatida xizmat qilishi mumkin, masalan, marganets va kremniy shunday vazifani bajaradi, qachonki, agar ularning miqdori uglerodli po’latlarda odatiy miqdorlardan yuqori bo’lsa. Talab etilgan xossalarga ega bo’lgan po’lat turlarini olish uchun ularning tarkibiga boyituvchi elementlar kiritiladi va bunday po’lat turlarini legirlangan po’latlar deb atashadi.