ENDERS JON FRANKLIN
ENDERS JON FRANKLIN (1897.10.2, Uestxartford, Konnektikut shtati -1985.8.9, Uoterford) — amerikalik virusolog. AQSh milliy Fanlar Akademiyasi, Amerika fan va san’at akademiyasi hamda London Qirollik jamiyati a’zosi. Yelsk kollejini tugatgan (1920). 1929-56 yillarda Garvard universitetida dars bergan. Ayni chog’da 1946 yildan Bostondagi pediatriya markazi, infektsion kasalliklar lab. hamda bolalar shifoxonasida turli lavozimlarda ishlagan. 1956 yildan Garvard tibbiet maktabi bolalar kasalxonasida professor. Ilmiy faoliyati bakteriologiya, immunologiya, virusologiyaga oid. Poliomielit virusini undirish texnologiyasini ishlab chiqishda qatnashgan. Qizamiqqa qarshi vaktsina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1954; hamkorlikda).