EVOLYUTSIYA
EVOLYUTSIYA (lot. euo1iio — avj olish) — rivojlanishnchng sinonimi; asta-sekin, bosqichmabosqich ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlari. Evolyutsiyada rivojlanishning sifatiy asosi keskin o’zgarmaydi, uning boshlanish va yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat o’tadi. Evolyutsion rivojlanishda portlash hodisasi ro’y bermaydi. Jamiyatda, organik dunyoda va jonsiz tabiatda ro’y beruvchi o’zgarishlarning yo’nalishini, tartibini, qonuniyatlarini ifodalab, muayyan sistemadagi o’zgarishlarning doimo o’zidan ilgarigi holatidan farq qilishini qo’rsatib turadi va fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot, rivojlanish, o’sish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi.
EVOLYUTSIYA (biologiyada) tirik organizmlarning tarixiy o’zgarishi. Evolyutsiyada tabiiy tanlanish ta’sirida mutasiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinasiyasi shakllanadi. Evolyutsion o’zgarishlar dastlab yo’naltirilgan o’zgarishlar tarzida populyasiyalarda namoyon bo’ladi. Evolyutsiyaning elementar omillari qatoriga mutasiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining o’zgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi, shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolyutsion o’zgarish yangi turlarning hosil bo’lishiga yoki turining o’zgarishiga olib keladi. Evolyutsiya sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolyutsion biol. o’rganadi. Ba’zan «Evolyutsiya” terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qo’llaniladi. «Evolyutsiya” so’zi birinchi marta Shveytsariya tabiatshunosi va faylasufi Sh.Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qo’llangan.