Fosfor nima?
Fosfor tabiatdagi boshqa moddalar bilan aralash holda mavjud bo’lgan kimyoviy element. Fosforni turli tog’ jinslaridan olinadi. U nurlanib turuvchi oqish-sariq modda bo’lib, ayniqsa qorong’ulikda alohida ko’zga tashlanadi. Oq fosfor kuchli zaharli xususiyatga ega, u yonib ketmasligi uchun suvda saqlanadi. Bo’shliqda, havosiz joyda yoqilgan oq fosfor qizil tusga kiradi, u mutlaqo xavf-xatarsiz va ochiq joyda ham bemalol saqlanishi mumkin. Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarishda foydalaniladi. Oq va qizil fosforlarning yonish paytida kislota hosil bo’lib, u sanoatda keng ko’lamda ishlatiladi. Masalan, undan o’g’it va bo’yoqlar olinadi.