FOSFORORGANIK BIRIKMALAR

FOSFORORGANIK BIRIKMALAR — tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga bevosita yoki geteroatom — kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik birikmalar sinfi. Keyingi tipdagi Fosfororganik birikmalar fosfat, pirofosfat, trifosfat kislota efirlari xrlida tabiatda keng tarqalgan (fosfat kislotalar); bularga nuklein kislotalar, ko’pgina muhim kofermentlar, adenozintrifosfat kislota va ba’zi vitaminlar kiradi. Fosfororganik birikmalar turli belgilariga qarab tasniflanadi. Molekuladagi uglerod— fosfor (S—R) bogi soniga qarab, chunonchi: birlamchi (RPH2), ikkilamchi (R2PH) va uchlamchi (R3P) fosfinlar va ularning turli hosilalari (R — organik qoldiq), fosforning valentlik holatiga ko’ra, 3 va 5 valentli fosfor hosilalari bor; fosforning kordinasion soni 2, 4, 5 va 6 ga teng bo’lgan birikmalari ham ma’lum. Fosfor funktsiyasi tasnifiga kura, fosfinlar, fosfin oksidlari (R3PO), sulfidlar (R,PS), iminlar (R3PNR), fosfinometilenlar (R3P=CR’R»), fosfoniy birikmalari (R4P’X ), kislorodli kislotalar: fosfonid (RPO2H2), fosfinid (R2POH), fosfonat (RPO3H2), fosfinat (R2PO2H) kislotalar va ularning turli sulfidli va nitritli analoglari hamda hosilalari, shuningdek, gipofosfit N3RO2, fosfit, N3RO, fosfat N3RO4 kislotalar va boshqa kislotalarning organik hosilalari (efirlar, amidlar, angidridlar va b.) bo’ladi. Bundan tashqari, R— R bogli Fosfororganik birikmalar ham bor, masalan, Di, Triva tetrafosfinlar, tegishli tsiklofosfinlar va ularning hosilalari. Fosfororganik birikmalar sintezida S—R bog’ini hosil qilish usulining ahamiyati katta. Bunga Arbuzov reaktsiyasi: (RO),P+R’ X—> >R’PO(OR)2+RX va Mixaelisbekker reaktsiyasi: (RO)2PONa +R’X ^R’PO (OR)2+NaX va boshqa reaktsiyalar misol bo’ladi. Fosfororganik birikmalar texnikada, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llanadi. Fosfororganik pestisidlar (insektisidlar, akarisidlar, defoliantlar, stimulyatorlar va h.k.) ko’plab ishlab chiqariladi. So’nggi yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan Fosfororganik birikmalar asosida yangi murakkab o’g’itlar, defoliantlar va o’stiruvchi moddalar sintez qilindi. Fosfat kislota bilan monoetanolamin suvdagi eritmasining o’zaro kimyoviy ta’siri natijasida olingan yangi modda etanolamin fosfat 2NH2C2H4OHH3PO4 stimulyatori shular jumlasidandir. Fosfororganik birikmalardan tibbiyotda, asosan, oftalmologiyala foydalaniladi. Biologik muhim fosfatlar, masalan, adenozintrifosfatlar, kokarboksilaza, bir qator vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Fosfororganik birikmalar kompleks hosil qiluvchi moddalar sifatida rudalarni boyitishda (uran va boshqa metallar ishlab chiqarishda) qo’llanadi. Ko’pgina Fosfororganik birikmalar surkov moylariga qo’shimchalar, plastmassalar va tolalarning olovbardosh komponentlarm (antipirenlar), erituvchilar, gidravlik suyukliklar va boshqalar sifatida ishlatiladi. Fosfororganik birikmalardan organik sintezda ham keng foydalaniladi. Ba’zi kuchli zaharlovchi moddalar (masalan, zarin, zoman, tabun, fosforiltioxolinlar) ham Fosfororganik birikmalarga mansub. Zikrilla Isaboyev.